9-DARS
Ko‘rgazmali qo‘llanmalardan to‘g‘ri foydalanish
Ibtido 15:5
MAQSAD. Ma’lumotni aniqroq yetkazish va eslab qolishga osonroq bo‘lishi uchun ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalaning.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
Sizga mos keladigan ko‘rgazmali qo‘llanmani tanlang. Masalan, mayda tafsilotlarni emas, muhim fikrlarni ta’kidlash uchun rasm va sxemalar, xarita, davriy chiziq yoki boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalansangiz bo‘ladi. Tinglovchilarga shunchaki ko‘rgazmali qo‘llanmani emas, balki fikrning mag‘zini eslab qolishga yordam bering.
Ko‘rgazmali qo‘llanmalar tinglovchilarga ko‘rinishiga g‘amxo‘rlik qiling.