20-DARS
Ta’sirli xotima
Voiz 12:13, 14
MAQSAD. Mavzuni yakunlar ekansiz, tinglovchilarni bilib olganlarini amalda qo‘llashga undang.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
Xotimani butun mavzu bilan bog‘lang. Asosiy fikrlarni va mavzuni takrorlang yoki boshqa so‘zlar bilan ayting.
Tinglovchilarni harakatga undang. Tinglovchilarga qanday yo‘l tutish kerakligini ko‘rsating va nega bu o‘rinli ekanining asosli sabablarini keltiring. Dadillik va ishonch bilan gapiring.
Xotimangiz sodda va qisqa bo‘lsin. Yangi asosiy fikrlarni qo‘shmang. Kerakli so‘zlarni qo‘llab harakat qilishga undang.