1-DARS
Qiziqarli kirish so‘zlari
Havoriylar 17:22
MAQSAD. Kirish so‘zlaringiz qiziqish uyg‘otishi kerak; mavzuni tanlang va nima uchun u muhim ekanini tinglovchilarga ko‘rsating.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
Qiziqish uyg‘oting. Tinglovchilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan biror savol, fikr, hayotiy voqea yoki yangilikni tanlang.
Mavzuni tanlang. Tinglovchilar kirish so‘zlaringizdan mavzuni va muqaddimaning maqsadini aniq tushunayotganiga ishonch hosil qiling.
Mavzu nima uchun muhim ekanini ko‘rsating. Aytmoqchi bo‘lganlaringizni tinglovchilarning ehtiyojlariga moslashtiring. Tinglovchilar bu mavzu shaxsan ularga qanday yordam berishini aniq tushunishlari kerak.